Tramp Erondagi namoyishchilariga qurol yuborganini aytdi
Olam
−
02 may 4056 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronda namoyishchilarni qurollantirishga urinish haqida ma’lumot oshkor qildi. Bu haqda u jurnalistlarga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Trampning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar 2025 yil dekabr – 2026 yil yanvar oylarida Eronda ommaviy noroziliklar paytida Eron namoyishchilariga qurol yetkazishga uringan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurol yetkazib berish Iroq Kurdistonidagi kurd guruhlari orqali amalga oshirilgan, biroq qurollar oxirgi manzilga yetib bormagan.
“Biz ularga juda ko‘p qurol yubordik. Biz uni kurdlar orqali jo‘natdik. Menimcha, kurdlar uni o‘zlarida olib qolishgan. Biz qurolni norozilik qatnashchilariga yubordik” degan Oq uy rahbari.
Qayd etish joiz, bu bayonot AQSHning suveren davlat ishlariga bevosita aralashgani va hatto qurolli qo‘zg‘olonni qo‘llab-quvvatlashga uringani sifatida talqin qilinadi.
Shuningdek, bu holat Eron hukumati tomonidan ham o‘z manfaatlari uchun ishlatilishi mumkinligi aytiladi, ya’ni Tehron namoyishlar tashqi kuchlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanganini isbotlash sifatida ko‘rsatishi mumkin.
Tramp, shuningdek, qurol yuklari Iroq Kurdistonidagi Sulaymoniya hududida qolib ketganidan norozilik bildirgan.
U kurdlarga qarata ogohlantirish bergan.
“Men juda norozi bo‘ldim. Qurolni ushlab qolganlar katta narx to‘laydi”, degan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Qo‘shma Shtatlar Eronga berilgan zarbalar uchun taxminan 100 milliard dollar sarflagani haqida aytgandi.
Live
BarchasiPutin Xitoyga yetib bordi
19 may