Eron AQSHga qo‘ygan talablarini yumshatdi – OAV

Olam

image

Eron AQSHga harbiy mojaroni to‘xtatish shartlari bo‘yicha yangi taklif yubordi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Unga ko‘ra, avvalgi talab AQSH blokadasini darhol bekor qilish edi. Endi bu majburiy shart sifatida qo‘yilmagan.

Qayd etish joiz, Tehron muzokaralarni boshlash uchun portlar blokadasini olib tashlashni asosiy shart sifatida ilgari surgan edi. Endi esa Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish masalasini Vashington tomonidan hujumlarni to‘xtatish va blokadani bekor qilish kafolatlari bilan bir vaqtda muhokama qilishni taklif qilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Eron vositachilar orqali Pokistonda kelasi hafta boshidayoq muzokaralarni boshlashga tayyor ekanini bildirgan, ammo AQSH hozircha bu takliflarni qabul ham qilmagan, rad ham etmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘z yordamchilariga Eronga qarshi uzoq muddatli blokadaga tayyorgarlik ko‘rishni buyurgandi. Ma’lum qilinishicha, Oq uydagi so‘nggi yig‘ilishlarda, jumladan maxsus vaziyatlar markazida, Tramp Eron iqtisodiyoti va neft eksportiga bosimni davom ettirish maqsadida mamlakat portlarini blokada qilishni ma’qul ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tehron Hormuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing