Eron AQSHga muzokaralarni qayta boshlash uchun beshta shart qo‘ydi
Olam
−
13 may 3639 1 daqiqa
Eron AQSH bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichini boshlash uchun Vashington beshta talabni bajarishi shartligini bildirdi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib, “Fars” agentligi xabar berdi.
Agentlikka ko‘ra, mazkur shartlar AQSH bilan muzokaralarni qayta tiklash uchun “ishonch kafolati” sifatida baholanmoqda:
- Barcha frontlarda, ayniqsa Livan hududidagi urush harakatlarini to‘xtatish;
- Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilish;
- muzlatilgan Eron mablag‘larini ozod etish;
- jangovar harakatlar tufayli yetkazilgan zararni qoplash;
- Eronning Hormuz bo‘g‘ozi ustidan suverenitet huquqini tan olish.
Manbaga ko‘ra, Tehron ushbu talablar amaliy jihatdan bajarilmas ekan, yangi muzokaralarga kirishishni imkonsiz deb hisoblamoqda.
AQSH tomonining 14 banddan iborat tinchlik taklifiga javob sifatida Eron ham o‘z talablarini ilgari surgan. Nashr manbalari AQSH taklifini “bir tomonlama” deb atab, u faqat Vashington manfaatlarini ko‘zlashini bildirgan.
“Amerikaliklar urushda erisha olmagan maqsadlariga muzokaralar orqali erishmoqchi bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlari va Eron o‘rtasida bir oydan beri amal qilib kelayotgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi “sun’iy nafas berish” holatida ekanini bildirgandi.
Live
Barchasi