Armaniston va AQSH har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi nizomni imzoladi

Olam

image

Yerevan va Vashington har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi nizomni imzoladi. Marosim AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning Armanistonga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Sputnik Armaniston” xabar berdi.

Qayd etilishicha, tomonlar, shuningdek, Armaniston hududi orqali Ozarbayjon va Naxichevon o‘rtasidagi transport yo‘lagi loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi hadli bitimni imzolagan. Mazkur loyiha AQSH vositachiligida va uning 99 yillik istisno huquqlari bilan tashkil etilgan.

Bundan tashqari, AQSH va Armaniston foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasidagi hadli memorandumni imzolagan.

Marosim Marko Rubio rafiqasi bilan bir necha soatga tashrif buyurgan Yerevanning “Zvartnots” aeroportida bo‘lib o‘tgan.

Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Armaniston-Amerika munosabatlarining hozirgi bosqichini “tarixiy jihatdan misli ko‘rilmagan” deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Armaniston sheriklik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing