Eron Xomanaiy uchun dafn marosimiga tayyorlanmoqda

Olam

image

Eron hukumati marhum oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy uchun keng ko‘lamli davlat dafn marosimini tashkil etishga rasman kirishdi. Bu haqda A news xabar berdi.

Marosim mamlakatning AQSH va Isroil bilan urushi sababli uch oyga kechiktirilgan edi.
Davlat OAVlarining xabar berishicha, dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rish uchun maxsus shtab tuzilgan. Hozirda turli davlat idoralari marosimni tashkil etish bo‘yicha reja va tashkiliy ishlarni olib bormoqda.

Eronni 30 yildan ortiq boshqargan Xomanaiy 28 fevral kuni urush boshlangan paytda AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgan ilk zarbalar chog‘ida halok bo‘lgan. Hujum vaqtida uning o‘g‘li va vorisi Mujtabo Xomanaiy ham yaralangan. U Oliy rahbar lavozimini egallaganidan buyon jamoatchilik oldida ko‘rinish bermagan.

Joriy yilning aprel oyida Xomanaiy xotirasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazilgan bo‘lsa-da, dastlab rejalashtirilgan davlat dafn marosimi urush sababli bekor qilingan edi.
Rasmiylarga ko‘ra, marosim sanasi hozircha aniq belgilanmagan. Biroq tegishli tashkilotlar “ulkan va tantanali” dafn marosimini o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish ustida ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH razvedkasi Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy noma’lum joyda yashirinib yurgani va juda kamdan-kam hollarda aloqaga chiqayotgani haqida xabar bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron dafn marosimi Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing