Eronda 2 yevropalik josuslikda ayblanib, hibsga olindi

Olam

image

Eronda Yevropadagi ikki davlatning fuqaroligiga ega bo‘lgan ikki shaxs ustidan sud jarayoni boshlandi. Ular “xorijiy razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilish” hamda “sionistik rejim (Isroil) foydasiga josuslik”da ayblanmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shaxsi oshkor etilmagan ayblanuvchilar Eron hududiga iyun oyida – Isroil va AQSH tomonidan Eron yadroviy inshootlariga zarba berilgan 12 kunlik urushdan taxminan bir oy oldin kirib kelgan. Ular to‘qnashuv boshlanganining to‘rtinchi kuni Inqilobiy gvardiyaning elita bo‘linmalari tomonidan hibsga olingan.

Bosh prokurorning ta’kidlashicha, ayblanuvchilarning Karaj shahridagi vaqtinchalik istiqomat qilayotgan uyidan murakkab josuslik uskunalari va razvedka vositalari topilgan. Ular Eron qonunchiligida ko‘pincha o‘lim jazosi bilan jazolanishi mumkin bo‘lgan moddalar bilan ayblanmoqda.

So‘nggi yillarda Inqilobiy gvardiya o‘nlab ikki fuqarolikka ega shaxslar va xorijliklarni, asosan, josuslik yoki xavfsizlikka tahdid sifatida baholangan ayblovlar bilan hibsga olib kelmoqda.

Huquq himoyachilari va ayrim G‘arb davlatlari Tehronni bunday hibslar orqali siyosiy bosim o‘tkazishga urinishda ayblab keladi. Tehron esa bu da’volarni rad etib, hibsga olishlar faqatgina milliy xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq ekanini ta’kidlaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 18 oktyabr kuni Eronning Qum shahrida Isroil razvedka agentligiga josuslik qilishda ayblangan shaxs qatl qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Eron o'lim jazosi razvedka yadro josus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing