“Eronni tosh davriga qaytaramiz”. Tramp yana yangi va’da berdi
Olam
−
09:09 4504 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp murojaatida Eron bilan harbiy operatsiya deyarli barcha maqsadlarga erishgani va yana 2–3 hafta davom etishini ma’lum qildi. Trampning bu haqdagi so‘zlarini “Associated Press” keltirdi.
Uning aytishicha, yaqin haftalarda Eron hududiga juda kuchli zarbalar beriladi.
“Biz ularga juda kuchli zarbalar beramiz va ularni tosh davriga qaytaramiz”, degan Tramp.
Prezidentning ta’kidlashicha, Eron allaqachon o‘zining flotidan va harbiy-havo kuchlaridan deyarli mahrum bo‘lgan.
“Agar Eron kelishuvga rozi bo‘lmasa, AQSH mamlakatdagi barcha elektr stansiyalariga bir vaqtning o‘zida kuchli zarbalar beradi”, degan Oq uy rahbari.
Avvalroq, AQSH Eronning energetika infratuzilmasiga zarbalarni 6 aprelgacha to‘xtatib turgani haqida aytilgandi. Bu qaror Tehron bilan muzokaralar fonida qabul qilingan, biroq Eron rasmiylari bunday muzokaralar borligini rad etgan.
Shunga qaramay, Trampning aytishicha, Tehron AQSHning urushni tugatish bo‘yicha 15 bandlik rejasining aksariyatiga rozi bo‘lgan, ammo bu faraz haligacha o‘z tasdig‘ini topmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronning yangi rahbariyati AQSHga sulh tuzish bo‘yicha so‘rov yuborgani haqida aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington roziligi uchun asosiy shart Hormuz bo‘g‘ozining ochilishi hisoblanadi. Ushbu strategik suv yo‘li blokadadan chiqarilmaguncha, Amerika harbiylari Eronni “kul-talqon qilishda yoki aytilganidek, tosh davriga qaytarishda” davom etadi.
Live
Barchasi