Farg‘onada ota xotini va ikki bolasining qotiliga aylandi
3-sahifa
−
30 noyabr 14276 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatida erkak xotini va ikki yosh bolasini o‘ldirdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qotillik kecha, 29 noyabr kuni Quva tumanida sodir etilgan. 34 yoshli ota 31 yoshli turmush o‘rtog‘i, shuningdek 5 yashar qizi va 1 yashar o‘g‘lini qasddan o‘ldirgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi ochildi. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani Nursuh mahallasida yashovchi 34 yoshli erkak aliment to‘lovi sababli xotini va 2 yoshli qizini o‘ldirib qo‘ygandi. Shuningdek, Surxondaryo viloyatida 71 yoshli erkak tushlik tayyorlamagan xotinini o‘ldirgandi.
Live
Barchasi