“Flamengo” Braziliya chempioni bo‘ldi
Sport
−
04 dekabr 757 2 daqiqa
Bugun, 4 dekabr kuni ertalab futbol bo‘yicha Braziliya chempionatining 37‑turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Flamengo” o‘z maydonida “Seara”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa “Flamengo” muddatidan avval mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv taqdirini birgina gol hal qildi. O‘yinning 37-daqiqasida Xorxe Karraskalning uzatmasidan keyin Samuel Lino uchrashuvda hisobni ochdi. Bu gol “Flamengo”ga muddatdan avval chempionlikni nishonlash uchun yetarli bo‘ldi.
Braziliya A Seriyasi yakunlanishiga bir tur qolganida, liga peshqadami “Flamengo” 78 ochko jamg‘arib, jadvalda 1-o‘rinni kafolatladi. Eng yaqin ta’qibchi “Palmeyras” esa 73 ochko bilan ikkinchi o‘rinda egalladi.
Shu tariqa, “Flamengo” muddatidan avval 2025 yilgi Braziliya chempioniga aylandi. Bu klub tarixida sakkizinchi Braziliya chempionligi va 2020 yildan beri qo‘lga kiritilgan birinchi chempionlik kubogi hisoblanadi. Jamoa bosh murabbiyi 40 yoshli Felipe Luis bu mavsumda klubi bilan Braziliya Superkubogi, Rio-de-Janeyro shtati chempionligi, Libertadores kubogi g‘olibligini va endi mamlakat chempionligini qo‘lga kiritmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Flamengo” jamoasi Peruning Lima shahridagi “Monumental” stadionida bo‘lib o‘tgan final bahsida “Palmeiras”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, Janubiy Amerikaning eng nufuzli klublar musobaqasi Libertadores kubogini qo‘lga kiritgan edi.
Live
Barchasi