Fransiyalik 21 yoshli motopoygachi musobaqa vaqtida vafot etdi
Sport
−
13 yanvar 3146 1 daqiqa
Kecha, 12 yanvar kuni yo‘ltanlamas (off-road) poyga musobaqasi vaqtida 21 yoshli istiqbolli sportchi Rafaelya Shole avariya oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Motorcycle Sports” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea Fransiyaning Grayan kommunasida o‘tkazilgan musobaqa davomida yuz bergan. Rafael trassaning bir qismida joylashgan sun’iy to‘siqdan sakrab o‘tishga uringan, biroq havoda mototsikl boshqaruvini yo‘qotib, yerga yiqilgan. Shu zahoti uning ortidan katta tezlikda kelayotgan boshqa motopoygachi sportchini urib yuborgan.
Oqibatda Rafael Sholle og‘ir tan jarohatlari olgan. Tibbiy jamoa tomonidan zudlik bilan ko‘rsatilgan barcha sa’y-harakatlarga qaramay, fransiyalik sportchi olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha jahon chempioni, 15 yoshli tojikistonlik sportchi Muhammadali Sadullayev Tojikistonda bir guruh o‘smirlar o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro oqibatida vafot etgan edi.
Live
Barchasi