Fransiya terma jamoasining sobiq yulduzi zo‘ravonlikda ayblanmoqda
Sport
−
21 yanvar 915 1 daqiqa
Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Dimitri Payet atrofida yangi janjal avj olmoqda. 2023 yildan 2025 yilgacha Braziliyaning “Vasko da Gama” klubida o‘ynagan fransuz futbolchisi jiddiy ayblovlar ostida qolmoqda. Payetning sobiq sevgilisi Braziliyadagi munosabatlar davomida jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonlikka duch kelganini da’vo qilmoqda. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
Payetning sobiq sevgilisi Larissa Ferrarining so‘zlariga ko‘ra, u Payet bilan 2023 yilda ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan. Dastlab futbolchi g‘amxo‘r bo‘lgan, ammo vaqt o‘tishi bilan uning xatti-harakati o‘zgargan: qizning har bir harakatini nazorat qilgan va uni qiynay boshlagan. 2024 yil aprel oyida Ferrari sportchi haqida Braziliya politsiyasiga xabar berib, Payet unga jismoniy hujum qilganini va turli xil zo‘ravonlik turlarini qo‘llaganini da’vo qilgan.
Larissa Ferrari shuningdek, Payet uni haqoratli xatti-harakatlarga majburlaganini va psixologik manipulyatsiya orqali nazorat qilganini aytgan. U futbolchidan homilador bo‘lganini, ammo keyinchalik bolasini yo‘qotganini ham da’vo qilmoqda.
Hozircha Dimitri Payet o‘ziga qarshi qo‘yilgan barcha ayblovlarni qat’iyan rad etmoqda.
Ma’lumot uchun, Payet 2025 yil yozida “Vasko da Gama” bilan shartnomasini tugatganidan keyin hozirda klubsiz qolmoqda.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar