“Qon tomiri yorilgan”. Makron ommaga ko‘zoynak taqqan holda ko‘rinish berdi (video)

Olam

image

Kecha, 16 yanvar kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqqan holda ko‘rinish berdi va ko‘zidagi qon tomiri yorilgani sababli bir muddat ularni taqib yurishga majbur ekanini ma’lum qildi. Uchrashuv jonli efirda Prezident devoni tomonidan X ijtimoiy tarmog‘ida namoyish etildi.

“Bu jiddiy bo‘lmagan muammo bilan bog‘liq ko‘zoynak uchun uzr so‘rayman. Ammo bir muddat ularni taqib yurishimga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun meni shu ko‘rinishda biroz sabr bilan qabul qilishingizga to‘g‘ri keladi”, deya hazillashgan u Yangi Kaledoniya vakillari bilan uchrashuvda.

Bungacha Emmanuel Makron mamlakat Qurolli kuchlari oldida chiqish qilgan. U jamoatchilik qarshisiga ko‘zi qonga to‘lgandek holatda chiqqani sababli odamlarni cho‘chitib yuborgan. Yelisey saroyi bu holatga ko‘zdagi kichik qon tomirining yorilishi sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov jamoatchilik oldida qo‘lida hassa bilan ko‘ringandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing