Germaniyada namoyishchilar deputatni kaltakladi (video)

Olam

image

Bugun, 29 noyabr kuni Germaniyaning Gisen shahrida yangi yoshlar tashkiloti qurultoyiga kelgan “Germaniya uchun alternativa” (AdG) partiyasidan Bundestag deputati Yulian Shmidt kaltaklandi. Bu haqda partiya hamraisi Alisa Vaydel ma’lum qildi.

“Bizning bir deputatimiz jarohat oldi. Bugun Bundestag deputati Yulian Shmidtni kaltaklashdi”, degan u tadbirnining ochilish marosimida.

Vaydel qurultoyga qarshi namoyish uyushtirgan Germaniya kasaba uyushmalari birlashmasi, “O‘ngchilarga qarshi buvilar” harakati, antifashist faollarga, shuningdek partiyaning siyosiy raqiblariga murojaat qilgan. 

“Qurollanishni bas qiling! Siyosat va parlament ziddiyatlarining joyi ko‘chalar emas. Bu parlamentlarda, dalillar almashinadigan joyda bo‘lishi kerak”, deydi u.

Shmidtning aytishicha, AdG faoliyatidan norozilar unga kongress o‘tayotgan zaldan taxminan 800 metr uzoqlikda hujum qilgan.

“Biz mashinani qo‘yib, zal tomon yurayotgandik. To‘satdan oldimizda bir guruh erkaklar paydo bo‘ldi. Biz ularning yonidan o‘tib ketmoqchi bo‘ldik, lekin ular menga musht tushira boshladi. O‘zimni himoya qilishga harakat qildim”, deydi deputat.

Shmidtning aytishicha, hujumchilar uning deputat ekanini bilgan-bilmagani aniq emas.

“Ular mendan ismimni so‘rashmadi, shunchaki urishni boshlashdi. Keyin feldsherga murojaat qildim. U burnim sinib ketgan bo‘lishi mumkinligini aytdi”, deya qo‘shimcha qilgan Shmidt.

Ma’lumot uchun, bugun, 29 noyabr kuni Gisen shahrida taxminan 20 ming kishi quroltoyga qarshi namoyishga to‘plangan. Norozilar politsiyachilarga butilka va tosh uloqtirgan, tadbir o‘tayotgan hudud tomon qo‘shin safini yorib o‘tishga uringan. Huquq-tartibot xodimlari tayoqlar va suv purkagichlardan foydalanishga majbur bo‘lgan. Bir necha kishi jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sud Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoga suiqasd uyushtirishga uringan yozuvchi Yuray Sintulani 21 yillik qamoq jazosiga hukm qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya deputat Gisen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing