Ilon Mask yana 7500 ta sun’iy yo‘ldosh uchiradi

Texnologiya

image

Kecha, 9 yanvar kuni AQSH Federal aloqa komissiyasi (FAK) SpaceX kompaniyasining butun dunyo bo‘ylab internet xizmatini yaxshilash maqsadida yana 7500 ta ikkinchi avlod Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini joylashtirish haqidagi iltimosini ma’qullaganini ma’lum qildi.

FAK ma’lumotlariga ko‘ra, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi endi qo‘shimcha 7500 ta Gen2 Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini boshqarishi mumkin, bu bilan uning sun’iy yo‘ldoshlari sonini 15000 taga yetkazadi. FAK shuningdek, SpaceX’ga sun’iy yo‘ldoshlarni yangilashga va beshta chastotada ishlashga ruxsat bergan.   
 
Agentlikka ko‘ra, qo‘shimcha sun’iy yo‘ldoshlar Qo‘shma Shtatlardan tashqarida to‘g‘ridan to‘g‘ri uyali aloqa va qo‘shimcha AQSH qamrovini ta’minlaydi, bu esa keyingi avlod mobil xizmatlarini, shuningdek, sekundiga 1 gigabitgacha internet tezligini kafolatlaydi.

“15 000 ta yangi va ilg‘or sun’iy yo‘ldoshlarga ruxsat berish orqali FAK SpaceX’ga misli ko‘rilmagan sun’iy yo‘ldosh keng polosali ulanish imkoniyatlarini taqdim etish, raqobatni kuchaytirish va hech bir jamoa ortda qolmasligini ta’minlashga yordam berish uchun yashil chiroq berdi”, deydi FAK raisi Brendan Karr
  
SpaceX qariyb 30 000 ta sun’iy yo‘ldoshni joylashtirish uchun ruxsat so‘ragan, ammo FAK hozircha faqat 15 000 tasini tasdiqlagan.

“Biz qo‘shimcha sun’iy yo‘ldoshlarga ruxsat berish jamoatchilik manfaatlariga mos kelishini aniqladik, garchi Gen2 Starlink Upgrade sun’iy yo‘ldoshlari orbitada sinovdan o‘tkazilmagan bo‘lsa ham. Biz qolgan 14 988 ta taklif qilingan Gen2 Starlink sun’iy yo‘ldoshlariga, jumladan, 600 kilometrdan yuqori masofalarda foydalanish uchun taklif qilingan sun’iy yo‘ldoshlarga ruxsat berishni keyinga qoldiramiz”, deyiladi FAK xabarida.

SpaceX ruxsat etilgan Gen2 sun’iy yo‘ldoshlarining maksimal sonining 50 foizini uchirishi, ularni belgilangan orbitalarga joylashtirishi va 2028 yil 1 dekabrdan kechiktirmay ularni boshqarishi kerak. SpaceX esa qolgan sun’iy yo‘ldoshlarni 2031 yil dekabriga qadar uchirishi lozim. Shuningdek, u 2027 yil noyabr oyi oxiriga qadar 7500 ta birinchi avlod sun’iy yo‘ldoshlarini joylashtirishni yakunlashi kerak.

Yanvarning ilk haftasida Starlink kosmik xavfsizlikni oshirish maqsadida 2026 yil davomida orbitada taxminan 550 km masofada harakatlanadigan barcha sun’iy yo‘ldoshlarini 480 kilometrgacha tushirish orqali o‘zining sun’iy yo‘ldoshlar turkumini qayta konfiguratsiya qilishni boshlashini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX Starlink sun’iy yo‘ldoshi bilan aloqani yo‘qotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh sun'iy yo'ldosh SpaceX Starlink

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing