Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi
Jamiyat
−
17 yanvar 3336 1 daqiqa
Qirg‘iz Respublikasida sodir bo‘lgan yer qimirlashi O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Bugun, 17 yanvar kuni soat 15:17 da Qirg‘iz Respublikasi hududida zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 214 km janubiy-sharqda joylashgan. Magnituda: 1,9. Chuqurligi: 5 km. Epitsentr: Botken, Qirg‘iz Respublikasi. Koordinatalari: 40,13 daraja shimoliy kenglik, 71,26 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
So‘x tumanida 2 ball, 21 km.
Live
Barchasi