Yana Qirg‘izistonda yer qimirladi va O‘zbekistonda sezildi
Jamiyat
−
17 yanvar 7190 1 daqiqa
Qirg‘iz Respublikasida bir kun ichida ikkinchi marta sodir bo‘lgan yer qimirlashi O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Bugun, 17 yanvar kuni soat 18:11 da Qirg‘iz Respublikasi hududida zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 215 km janubiy-sharqda joylashgan. Magnituda: 3,3. Chuqurligi: 7 km. Epitsentr: Botken, Qirg‘iz Respublikasi. Koordinatalari: 40,13 daraja shimoliy kenglik, 71,28 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- So‘x tumanida 2 ball, 22 km;
- Rishton tumanida 2 ball, 28 km.
Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq Qirg‘iz Respublikasida sodir bo‘lgan yer qimirlashi O‘zbekistonda sezilgandi.
Live
Barchasi