Qirg‘izistonda o‘quvchilar ommaviy zaharlandi

Olam

image

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi maktablardan birida ommaviy zaharlanish holati yuz berdi – shifoxonaga jami 58 kishi murojaat qilgan, shundan 54 nafari bolalar. Ularning barchasi shaurma iste’mol qilgani aniqlangan. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, kecha, 31 oktyabr kuni kechqurun Respublika yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga qayta-qayta qusish, diareya va kuchli og‘riq belgilari bilan bemorlar olib borilgan.

Aniqlanishicha, ularning barchasi tushlik paytida maktab oshxonasida tayyorlangan shaurmadan iste’mol qilgan. Jami 58 kishi shifokorlarga murojaat qilgan, shundan 54 nafari bolalar, to‘rt nafari esa kattalar.

9 nafar bemor shifoxonaga yotqizilgan, ularning ahvoli barqaror. 49 kishi esa ko‘rikdan so‘ng zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, uy sharoitida davolanish uchun yuborilgan. Bemorlarning oshqozoni yuvilgan, zarur tahlillar olingan. Hodisa yuzasidan epidemiologik tergov ishlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Forish tumanida joylashgan 4 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 37 nafar bola ommaviy ravishda ovqatdan zaharlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Bishkek ommaviy zaharlanish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing