Qirg‘izistonlik faol Tashiyev iste’fosi ortidan uyidan olib ketildi
Olam
−
13:56 12136 2 daqiqa
Qirg‘izistonlik jamoat arbobi Bekbolot Talgarbekov huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda uning o‘g‘li Arstan Talgarbekovga tayanib, “24.kg” nashri xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun, 11 fevral kuni ertalab Bishkekning 8-mikrorayonidagi Talgarbekovning kvartirasiga militsiya xodimlari tintuv o‘tkazish uchun kelgan. Tintuv o‘tkazilgandan so‘ng u so‘roq qilish uchun IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasiga olib ketilgan.
Arstan Talgarbekovning aniqlik kiritishicha, otasiga uch nafar xodim hamrohlik qilgan, huquq-tartibot xodimlarining bir qismi protsessual harakatlarni davom ettirish uchun kvartirada qolgan.
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati qo‘lga olish va tintuv haqidagi ma’lumotni rad etmoqda.
Arstan Talgarbekov, shuningdek, otasi davlat rahbari Sadir Japarov va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev siyosatini to‘liq qo‘llab-quvvatlaganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, murojaat matnida noqonuniy chaqiriqlar mavjud emas.
Ma’lumot uchun, Bekbolot Talgarbekov mamlakat prezidentining yangi saylovini o‘tkazishni zudlik bilan boshlash tashabbusi bilan jamoaviy murojaat tashabbuskorlaridan biri edi. Hujjatni 75 kishi – olimlar, sobiq bosh vazirlar, sobiq deputatlar va jamoat arboblari imzolagan. Ayni vaqtda hujjatni imzolagan 75 kishi tergovga jalb qilinayotgani haqida ma’lumotlar mavjud.
Avvalroq prezident matbuot kotibi Sadir Japarov bo‘linishga yo‘l qo‘ymaslik haqida gapirganda Qamchibek Tashiyevni emas, balki Bekbolot Talgarbekov, Emilbek Uzoqboyev va boshqalarni nazarda tutganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi