Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi ham “uchdi”
Olam
−
14:10 3439 1 daqiqa
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) rahbari, Vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari Qamchibek Tashiyev ortidan Xavfsizlik kengashi kotibi Rustam Mamasadiqovni ham ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“Rustam Mamasadikov Qirg‘iziston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimidan ozod etildi”, deyiladi xabarda.
Prezident yana bir farmoni bilan uni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinladi.
Yodingizda bo‘lsa, kecha, 10 fevral kuni Prezident farmoni bilan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) rahbari Qamchibek Tashiyev va uning birinchi o‘rinbosar Qurbonbek Avazov, kiberxavfsizlik markazi direktori Daniel Risaliyev va Antiterror markazi direktori Elizar Smanov ham lavozimidan ozod etilgan edi.
Shuningdek, Abdukarim Alimboyev ham Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat chegara xizmati raisi etib tayinlandi.
2020 yildan buyon Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining 9-xizmati boshlig‘i va rais o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Jumgalbek Shabdanbekov Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Live
Barchasi