Qoraqalpog‘iston va Xorazmda gaz uchun bazaviy me’yor muddati uzaytirildi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 15 martga qadar uzaytirildi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida mart oyining dastlabki 15 kunida havo haroratining past bo‘lishi kutilayotgani sababli aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Prezidentning topshirig‘iga asosan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kub metr bazaviy me’yor ushbu ikki hudud uchun 2026 yilning 15 martigacha uzaytirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1 martdan boshlab tabiiy gaz narxi oshgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Energetika vazirligi bu xabarlarni rad etdi va gaz narxlari oshirilmaganini ma’lum qildi. 

Isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga (100 metr kubdan 500 kub metrga) oshirilgan. Xususan, noyabr-fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart-oktyabr oylarida esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy me’yor” belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Qoraqalpog'iston tabiiy gaz bazaviy me'yor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing