Qozog‘istonda ayol yangi tug‘ilgan qizini pullamoqchi bo‘ldi
Olam
−
05 aprel 1536 1 daqiqa
Qozog‘istonning politsiya xodimlari Turkiston viloyatida yashovchi 23 yoshli ayolni qo‘lga oldi. U uch kunlik yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini 800 ming tengega sotishga uringan. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ayol homiladorlikning so‘nggi bosqichidayoq ijtimoiy tarmoqlar orqali xaridor izlagan. Politsiya jinoyat niyatini hujjatlashtirgach, chaqaloqni pul evaziga topshirish vaqtida maxsus nazorat ostida uni qo‘lga olish amalga oshirilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, gumondor vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Yangi tug‘ilgan qizaloq shifokorlar nazoratida bo‘lib, uning hayoti va sog‘lig‘iga hech qanday xavf yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida o‘z bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olingandi.
Live
BarchasiIsroil Bayrutga zarba bermoqda
05 aprel