Qozog‘istonda Epshteyn ishi bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda

Olam

image

Qozog‘istonda jinsiy jinoyatlar ishi markazidagi shaxs Jeffri Epshteyn hujjatlari bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda. Bu haqda bugun, 2 aprel kuni Senatda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuror o‘rinbosari Yerlan Utegenov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tekshiruv Epshteyn fayllarida Qozog‘iston fuqarolari ishtirok etgan-etmaganini aniqlashga qaratilgan.

“Bu masala bo‘yicha bizga deputat so‘rovi tushgan, hozirda tekshiruv davom etmoqda. Fayllarda bo‘lak-bo‘lak shaklda taxminan 3 millionta xabar bor. Hozir biz ma’lumotlarni to‘liq o‘rganib chiqyapmiz. Xususan, u yerda Qozog‘iston fuqarolari ishtirok etganmi va umuman, Qozog‘iston haqida qayerda so‘z borganini tekshiryapmiz. Hammasini diqqat bilan tahlil qilish va ishonchliligini tekshirish zarur”, degan Utegenov.

Shuningdek, tekshiruvda davlat amaldorlarining ishtiroki ham o‘rganilayotgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha e’lon qilingan hujjatlarda Qozog‘istonning Davlat xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi Karim Masimov hamda Milliy bank sobiq rahbari Qayrat Kelimbetovning ismlari ham uchragani xabar qilingandi. Hujjatlarda Qozog‘iston 400 martadan ko‘proq tilga olingan. Xususan, Ostona taxminan 200 marta, Olmaota esa 70 martadan ko‘proq uchraydi.

Qolaversa, Jeffri Epshteyn o‘z hamkasblari bilan qozog‘istonlik top-model Ruslana Korshunovaning hayotini va 2008 yilda uning Manxettenda fojiaviy vafot etganini muhokama qilgani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston tekshiruv Jeffri Epshteyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing