Qozog‘istonliklar firibgarlikning yangi turidan ogohlantirildi

Olam

image

Qozog‘istonda aholi pul o‘marish bilan bog‘liq firibgarlikning yangi usulidan ogohlantirildi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

Politsiya xabariga ko‘ra, firibgarlar o‘zlarini kompaniya rahbarlari, davlat tashkilotlari yoki oliy o‘quv yurtlari vakillari sifatida tanishtirmoqda. Ular soxta akkauntlar va telefon raqamlardan foydalanib, xodimlar bilan telefon yoki messenjerlar orqali bog‘lanadi.

Firibgarlar odatda “ma’lumotlar sizib chiqdi”, “hisobingizdan pul o‘g‘irlanishi mumkin” kabi bahonalar bilan qo‘rqitish va ruhiy bosim o‘tkazish orqali vaziyatni ataylab keskinlashtiradi va tezkor qaror qabul qilishga majbur qiladi.

Shundan so‘ng ular mutaxassislar yoki huquq-tartibot organlari xodimlari bog‘lanishini aytib, beriladigan ko‘rsatmalarga so‘zsiz amal qilishni talab qiladi.

Natijada fuqarolarni pulni go‘yoki “xavfsiz hisob raqamlar”ga o‘tkazishga ishontirishadi. Pul o‘tkazilgach esa, firibgarlar o‘rtadan tezda g‘oyib bo‘ladi.

IIVning ta’kidlashicha, firibgarlar zamonaviy texnologiyalardan faol foydalanmoqda. Ular telefon raqamlarini soxtalashtirish, ovozni o‘zgartirish va boshqa usullar orqali ishonch qozonishga harakat qiladi.

Shuningdek, vazirlik bank yoki davlat idoralari xodimlari hech qachon telefon orqali pul o‘tkazishni talab qilmasligi haqida eslatma bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Ichki ishlar organlari so‘rovlari bo‘yicha Gruziya tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan 5 nafar shaxs qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston firibgarlik ogohlantirildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing