Kadastr xodimi va soliqchi pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
09 mart 4384 1 daqiqa
Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida kadastr xodimi va soliqchi pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Pastdarg‘om tuman filiali kadastr muhandisi o‘zining vakolatli tanishlari orqali mahalliy fuqaroga tegishli 2 sotix yer maydonining kadastr pasportini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berish evaziga 2,5 ming AQSH dollari olgan paytda ushlangan.
Hozirda muhandisga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
DXX Surxondaryo viloyatida o‘tkazgan tezkor tadbirda esa, Sherobod tumani davlat soliq inspeksiyasining sobiq bosh inspektori viloyat Iqtisodiy sudida ko‘rilayotgan iqtisodiy ish doirasida bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikka nisbatan egalik huquqini tiklab berish evaziga 1983 yilda tug‘ilgan fuqarodan 10 mln so‘m olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida Soliq inspeksiyasi xodimi pora bilan qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi