Toshkentda “raygaz” bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida oilaviy korxona binosining gaz hisoblagich uskunasini almashtirib berishni va’da qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Yangihayot tumangaz” gaz ta’minoti filialida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi E.P. (hozirda sobiq) “Q-M.” oilaviy korxonasiga qarashli kafeda o‘rnatilgan gaz hisoblagich uskunasini yuqori sig‘imli gaz hisoblagich uskunasiga almashtirib, texnik shartlarni tayyorlab berishi evaziga A.O. dan 101 mln so‘m so‘ragan. Bo‘lim rahbari aytilgan summani olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’lim tashkilotlarini litsenziyalash bo‘limi yetakchi mutaxassisi 100 ming AQSH dollari bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pora Bosh prokuratura oilaviy korxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing