Oliy ta’lim vazirligi mansabdori $100 ming pora bilan qo‘lga tushdi (video)
3-sahifa
−
06 mart 12732 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’lim tashkilotlarini litsenziyalash bo‘limi yetakchi mutaxassisi 100 ming AQSH dollari bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Oliy ta’lim vazirligi xodimi Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi nufuzli nodavlat oliy ta’lim muassasasining Surxondaryo viloyatida filialini ochish bo‘yicha vazirlik tomonidan litsenziya berish masalasini qisqa muddatda ijobiy hal qilib berish evaziga mazkur universitetning mansabdor shaxsidan 100 ming AQSH dollari talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda, vazirlikning yetakchi mutaxassisi so‘ralgan pul mablag‘ini olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Uchtepa tumanining prokuror yordamchisi pora bilan qo‘lgan tushgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi