Xitoy Hindiston bilan chegaraga jangovar tank yubormoqchi
Olam
−
15 dekabr 3111 2 daqiqa
Xitoyning modernizatsiya qilingan, yuqori balandliklar uchun mo‘ljallangan asosiy jangovar tanki Hindiston bilan chegaraga joylashtirilishi mumkin. Bu haqda “South China Morning Post” (SCMP) xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Type 99B rusumli asosiy jangovar tank Himolay tog‘lari kabi hududlarda “tezkor va uzoq muddatli jangovar operatsiyalar” olib borish uchun mo‘ljallangan.
99B tipidagi tank yuqori balandlik va sovuq iqlim sharoitida ishlash samaradorligini oshirish maqsadida modernizatsiya qilingan. U Xitoyning eng yangi asosiy jangovar tanklaridan biri bo‘lib, baland tog‘li hududlardagi harbiy operatsiyalar uchun moslashtirilgan, takomillashtirilgan model hisoblanadi.
Rasmiy manbalarga ko‘ra, mazkur texnika Hindiston bilan Himoloy chegarasiga joylashtirilishi ehtimoldan xoli emas.
Type 99B sentyabr oyida Pekinda Xitoyning G‘alaba kuni munosabati bilan o‘tkazilgan yirik harbiy paradda namoyish etilgan harbiy texnikalar qatoridan o‘rin olgan.
Shuningdek, Xitoy markaziy televideniyesi xabariga ko‘ra, yangilangan model bir qator yangi imkoniyatlarga ega. Reportajda tankning turli releflarda harakatlanish qobiliyati, elektron tizimlarining sinovlari hamda jangovar o‘q otish mashqlari namoyish etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston Rossiyadan atom suvosti kemasini ijaraga olagani haqida xabar berilgandi. Hindistonga atom suvosti kemasi o‘z dengizchilari uchun tayyorgarlik ko‘rish va o‘z flotining atom kemalari bilan operatsiyalar tashkil qilishni o‘rganish uchun zarur. Mamlakatda hozirda ikkita atom suvosti kemasi bor, biroq Rossiyadan olinadigan kema ulardan kattaroq bo‘ladi. Bunday flotni rivojlantirish Hindistonga yadro triadasini – quruqlik, suv va havo orqali yadro zarbasi bera olish qobiliyatini shakllantirish imkonini beradi.
Live
Barchasi