Xorazmda qariyb 1 kilo “opiy” saqlagan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
30 mart 1921 2 daqiqa
Xorazm viloyatining Urganch shahrida salkam 1 kg “opiy” saqlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Xorazm viloyatining Urganch shahrida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan shaxs ushlanib, uning yonidan 5 gr “opiy” moddasi topilgan bo‘lsa, u ijaraga olgan xonadondan esa yana 887 gramm “opiy” va 71 gramm “geroin” giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Aniqlanishicha, u qo‘shni davlatdagi jinoiy sheriklaridan olib kelgan moddalarni kelgusida sotishni rejalashtirgan.
Farg‘ona viloyatida kuzatilgan holatda esa, Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadonidan muqaddam Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan, umumiy bahosi 140 mln so‘mni tashkil qiluvchi, 2800 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topilgan.
Toshkent viloyatida ham qayd etilgan holatda Toshkent tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan shaxs va uning tanishi bo‘lgan, 1994 yilda tug‘ilgan Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi o‘zaro kelishgan holda, muqaddam Qozog‘istondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 300 ml “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini xaridorga 300 AQSH dollari va 600 ming so‘mga sotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, ularning yonidan bir necha dona “Pregabalin” kapsulalari va “Tropikamid” suyuqligi bo‘lgan flakonlar ham ashyoviy dalil sifatida olingan.
Aniqlanishicha, ushbu shaxslar psixotrop moddalarni O‘zbekistonga turli nomdagi dori vositalari idishlariga joylashtirgan holda olib kelishgan.
Hozirda 3 holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilingani haqida xabar berildi.
Live
Barchasi