Farg‘ona va Andijonda yashirincha olib o‘tilayotgan 700 mlnlik tilla aniqlandi
3-sahifa
−
26 mart 2908 2 daqiqa
Farg‘ona va Andijon viloyatlarida yashirib olib o‘tilishi reja qilingan 700 mln so‘mlik tilla aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xorijdan uchib kelgan, 1980 yilda tug‘ilgan chet el fuqarosi xolislar ishtirokida shaxsiy tintuvdan o‘tkazilgan.
Natijada u umumiy qiymati 290 mln 516 ming so‘mni tashkil qiluvchi, sof og‘irligi 226 gramm bo‘lgan tilla buyumlarni oyoqlari ostiga yashirgan holda bojxona nazoratidan olib o‘tganligi aniqlanib, ushbu zargarlik mahsulotlari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan xorijiy davlat fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Andijon viloyatidagi holatda esa Andijon shahrida yashovchi, 29 yoshli fuqaro Qirg‘iz Respublikasidan “Do‘stlik” xalqaro nazorat o‘tkazish punkti orqali kirib kelgan paytda to‘xtatilib, tekshirilgan. Uning yonidan bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, taxminiy bahosi 400 mln so‘mlik 241 gramm tilla buyumlar borligi aniqlangan.
Aniqlanishicha, ushbu zargarlik mahsulotlari sotish maqsadida Turkiya davlatidan Qirg‘iz Respublikasi orqali olib kelinayotgan bo‘lgan.
Hozirda olingan ashyoviy dalillarga nisbatan ekspertiza tayinlanib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida oltin quymasini 17 ming AQSH dollarga sotayotgan shaxslar ushlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi