XVJ Yaqin Sharq urushining iqtisodiy oqibatlaridan ogohlantirdi
Olam
−
07 mart 2793 1 daqiqa
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) rahbari Kristalina Georgiyeva Yaqin Sharqdagi inqirozning ehtimoliy iqtisodiy oqibatlari, xususan, inflyatsiyaning oshishi va iqtisodiy o‘sishning pasayishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda u “Bloomberg”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz mamlakatlar, odamlar, jamiyat va korxonalarga ta’sir ko‘rsatayotgan kanallarni bilamiz. Birinchisi – ko‘tarilgan energiya resurslari narxlari. Ikkinchisi – putur yetgan ishonch. Uchinchisi – sayohat va savdodagi uzilishlar. Bularning barchasi hozir sodir bo‘lmoqda. Savol shundaki, bu qancha davom etadi. Avvalgi tajribaga tayanib aytishim mumkinki, agar energiya narxlari 10 foizga oshsa va bu holat bir yil davomida saqlanib qolsa, inflyatsiya 40 bazis punktiga oshadi, iqtisodiy o‘sish esa taxminan 0,1–0,2 foizga pasayadi”, deydi Georgiyeva
Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumatlar voqealarning bunday rivojiga tayyor bo‘lishi, Markaziy bank rahbarlari esa “ham narxlar, ham valyuta frontida” sodir bo‘layotgan jarayonlarga yanada e’tiborliroq bo‘lishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaqin Sharqdagi harbiy to‘qnashuv jahonda Amerika valyutasiga bo‘lgan talabni keskin oshirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi