Kolumbiya kubogi finalidagi janjalda 59 kishi jarohatlandi (video)

Sport

image

Kecha, 18 dekabr kuni “Independente Medelin” va “Atletiko Nasonal” jamoalari o‘rtasidagi Kolumbiya kubogi finalida muxlislar o‘rtasidagi to‘qnashuvda yuzaga keldi. Oqibatda 59 kishi jarohatlandi. Bu haqda “el Colombiano” nashri xabar berdi.

Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Jarohat olganlar 59 kishi orasida 7 nafar politsiya xodimi ham bo‘lgan.

Medelin meri Federiko Guterres ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida stadionga kelganlarning aksariyati futbol tomosha qilish uchun tashrif buyurganini, biroq ayrim shaxslar zo‘ravonlikni ataylab keltirib chiqarganini ta’kidladi.

“Stadionga hujum qilish, vayron qilish yoki qo‘rquv uyg‘otish maqsadida kelgan har bir kishi qonun oldida javob beradi. Biz bir nechta odamning hammaga tegishli bo‘lgan narsaga zarar yetkazishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, deya yozadi u.

Kolumbiya kubogi finalining javob o‘yinida “Atletiko Nasonal” raqibi “Independente Medelin”ni “Atanasio Xirardot” stadionida 1:0 hisobida mag‘lub etganidan keyin ushbu zo‘ravonlik boshlangan.

Mahalliy politsiya qo‘mondoni Uilyam Kastano “Teleantioquia” yangiliklar kanaliga bergan intervyusida, stadionda tekshiruvlar paytida ofitserlar muxlislardan qurol, mash’ala va boshqa xavfli predmetlarni tortib olganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 noyabr kuni Boliviya kubogining chorak finalida “Real Oruro” va “Bluming” o‘rtasidagi uchrashuv katta janjal bilan yakunlangan va yakunda hakam 17 ta qizil kartochka ko‘rsatilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

janjal politsiya Jarohat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing