Koreyada yuk mashinasi namoyishchilarni bosib ketdi (video)

Olam

image

Janubiy Koreyada yuk mashinasi SU logistik markazi oldida o‘tkazilayotgan norozilik namoyishi ishtirokchilarini bosib ketdi. Hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Voqea Chinchju shahrida mahalliy vaqt bilan taxminan 10:32 da sodir bo‘lgan. Bu vaqtda yuk tashuvchilar kasaba uyushmasi a’zolari kompaniya rahbariyati bilan muzokara talab qilib namoyish o‘tkazayotgan edi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, 40 yoshli haydovchi yo‘lni to‘sib turgan odamlarni aylanib o‘tmoqchi bo‘lgan va shu paytda 2,5 tonnalik yuk mashinasi odamlarni urib yuborgan. Hodisa joyida u qo‘lga olingan va unga og‘ir tan jarohati yetkazish aybi bilan ish ochilgan.

Jarohat olganlardan biri 50 yoshli erkak yurak urishi to‘xtashi holatida shifoxonaga olib ketilgan, ammo u vafot etgan. Qolgan ikki kishi yengil va o‘rtacha jarohat olgan.

Shu kuni yana bir alohida holatda kasaba uyushmasiga tegishli avtomobil politsiya to‘siqlariga urilib ketgan va oqibatda bir politsiyachi ham jarohat olgan.

Hozirda Janubiy Koreya politsiyasi voqeada haydovchining qasddan harakat qilgan-qilmaganini tekshirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya yuk mashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing