Koreyada o‘zbek ayollari Nozima Kim uchun namoyish o‘tkazdi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 26 aprel kuni Janubiy Koreyaning Pxyontxek shahridagi politsiya binosi qarshisida uyidan o‘lik holda topilgan o‘zbekistonlik Nozima Kim uchun namoyish o‘tkazildi. Ijtimoiy tarmoqlarda voqea aks etgan video tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, namoyish bir necha o‘zbekistonlik ayollar tomonidan 2 soat davomida o‘tkazilgan. Namoyishda Anora ismli ayol faol ishtirok etgan.

“Marhumaning nomiga aytilayotgan so‘zlar Koreya qonunchiligiga to‘g‘ri kelmaydi. Uning uyiga kirganlar marhumaning qonuniy turmush o‘rtog‘i emas. Marhumaning uyiga politsiya xodimlari, sud ekspertiza xodimlaridan boshqa hech kimga kirishga ruxsat berilmagan!” deydi namoyish vaqtida Anora. 

Shuningdek, ayol ularning marhumani qoralashga hech qanday huquqi yo‘qligini aytgan. Tarqalgan videoda namoyishchilarga hujum qilishga urinish kuzatilgan. Hujum qilgan shaxs politsiya tomonidan to‘xtatib qolingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koreyaga ishlash maqsadida ketgan, bir nafar bolaning onasi bo‘lgan sirdaryolik 26 yoshli ayol Nozima uyidan o‘lik holda topilgandi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Nozima o‘z joniga qasd qilgani haqida bayonot berdi. Olib borilayotgan tergov ishlari haqida aniq ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida marhumaning onasi Feruza Alimbekova O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi hamda mazkur davlat politsiyasi ko‘magida Janubiy Koreyaga taklif etilgan.

Alimbekova Tashqi ishlar vazirligi bergan bayonotdan norozi ekanligini aytib, undagi tibbiy ekspertiza xulosasida qizining o‘limi sababi noaniq ekani haqida yozilganini ta’kidlagan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Nozima Kim Pxyontxek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing