AQSHda poyezd yuk mashinasiga borib urildi (video)
Olam
−
25 aprel 2647 1 daqiqa
Kecha, 24 aprel kuni AQSHda poyezd temir yo‘l kesishmasida to‘xtab qolgan yuk mashinasiga borib urildi. Bu haqda “Fox News” telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, avtomobil yaqinlashib kelayotgan poyezd qarshisida, to‘g‘ri temir yo‘l kesishmasining o‘rtasida to‘xtab qolgan. Mashinist tormoz berishga ulgurmagan, oqibatda tarkib yuk mashinasining tirkamasiga urilib, uni relslar bo‘ylab sudrab ketgan. To‘qnashuvdan atigi bir soniya oldin fura haydovchisi kabinadan sakrab tushishga ulgurgan.
“Hokimiyat vakillarining ma’lum qilishicha, hech kim jarohat olmagan”, de yiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Daniyaning Xilleryod shahri yaqinidagi Gribskov temir yo‘lida ikkita poyezd to‘qnashib ketgan edi. Hodisa oqibatida 17 kishi jarohatlangan, ulardan to‘rt nafarining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholangan.
Live
Barchasi