Kreml Zelenskiyning Ozarbayjonda muzokara o‘tkazish taklifiga izoh berdi

Olam

image

Rasmiy Kreml Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar uchun Ozarbayjonni maydon sifatida ko‘rmayapti. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Bu haqda hozircha gap ketayotgani yo‘q”, degan Peskov.

Joriy yilning 25 aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlik muzokaralarini AQSH ishtirokida Ozarbayjonda o‘tkazishni taklif qilgan edi.

Rossiya Davlat dumasi mudofaa qo‘mitasi birinchi o‘rinbosari Aleksey Juravlyov Ozarbayjonni Ukraina bo‘yicha uch tomonlama muzokaralar uchun munosib maydon deb atagan, biroq hozircha nima uchun uchrashish va nimalarni muhokama qilish kerakligi noma’lumligini qo‘shimcha qilgan. Uning fikricha, tomonlarning pozitsiyalari shu qadar farqliki, diplomatlar ularni umumiy nuqtaga keltira olmayapti.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Jenevada Ukraina masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgandi. Muzokaralarning birinchi kuni juda keskin va tarang muhitda o‘tgan. Muloqot bir nechta formatda – Rossiya–AQSH, Rossiya–Ukraina hamda Rossiya–AQSH–Ukraina uch tomonlama shaklda olib borilgan. Kun yakunida tomonlar muzokaralarni 18 fevral kuni davom ettirishga kelishib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Rossiya Ozarbayjon Zelenskiy muzokara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing