Putin Qozog‘istonga boradi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 27-29 may kunlari Qozog‘istonga rasmiy davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda bugun Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tashrif Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev taklifiga binoan amalga oshiriladi. Tashrif doirasida Putin va To‘qayev ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik hamkorlikning hozirgi holati hamda uni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, 28 may kuni ikki davlat rahbari Yevroosiyo iqtisodiy forumida ishtirok etadi. Forumga ushbu ittifoqqa a’zo mamlakatlar rahbarlari ham kelishi rejalashtirilgan. 29 may kuni esa delegatsiyalar Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida qatnashadi.

Ma’lumot uchun, ikki mamlakat rahbarlari so‘nggi bor Moskvada bo‘lib o‘tgan g‘alaba paradida qatnashish bahonasida uchrashgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya-Xitoy o‘rtasidagi Yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaning 25 yilligi munosabati bilan Pekinga rasmiy tashrif bilan borgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston Vladimir Putin Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing