Rossiya yaqinida Britaniya vazirining samolyoti navigatsiyasiz qoldi
Olam
−
12:45 2437 1 daqiqa
Britaniya Mudofaa vaziri Jon Xilining samolyoti Rossiya chegarasi yaqinida bo‘lgan vaqtda bortda radio to‘siqlar yuzaga kelgani xabar qilindi. Bu haqda “Times” nashri xabar qildi.
Nashrning harbiy manbaga tayanib yozishicha, hodisa vazir Britaniya harbiylari joylashgan Estoniya janubi-sharqidagi hududga tashrifdan qaytib kelayotgan paytda sodir bo‘lgan. Samolyotning sputnik signali yo‘qolgan va GPS navigatsiya tizimi taxminan uch soat davomida ishlamagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tizimni qayta ishga tushirish uchun uskunalarni qayta yuklash talab etiladi, ammo buni parvoz vaqtida amalga oshirish imkoni bo‘lmagan. Shu sababli uchuvchilar inersion navigatsiya tizimidan foydalanishga majbur bo‘lgan.
Qayd etilishicha, uchoq bortida Jon Xilidan tashqari harbiy va siyosiy maslahatchilar, general-leytenant, ikki nafar fotograf hamda “Times” muxbiri bo‘lgan.
Live
Barchasi