“Kubokni ular Ronalduga bermoqchi”. Futbolchilar hakam qaroridan norozi

Sport

image

Saudiya Arabistoni Pro-ligasida katta bahs kelib chiqdi. “Al-Ahli” va “Al-Fayha” o‘rtasidagi o‘yin 1:1 hisobida yakunlanganidan keyin hakamlik qarorlari qattiq tanqid ostiga olindi. Klub ijtimoiy rasmiy sahifalarida bahsli vaziyatlar aks etgan videoni e’lon qildi va VAR hamda hakamlar o‘rtasidagi muloqot yozuvlarini taqdim etishni talab qildi.

Futbolchilarning keskin bayonotlari

“Al-Ahli” futbolchilari Ivan Toni va Galeno ham hakamlikni qattiq tanqid qildi. Ispaniyaning “Mundo Deportivo” nashri futbolchilarning so‘zlarini keltirdi. 

“Asosiy masala – ikki penalti edi, ular juda aniq. Yana nima qilishim kerak edi? Agar u to‘pni ikki qo‘li bilan ushlasa, shunda ham penalti bermasmidi? Biz bu vaziyat bo‘yicha hakam bilan gaplashmoqchi bo‘lganimizda, u bizga Osiyo Chempionlar ligasiga e’tibor qaratishni aytdi. Qanday qilib hakam bunday deyishi mumkin?” , deydi “Al-Ahli” futbolchisi Ayven Toni.

Shuningdek, u “Al-Nasr” jamoasini nazarda tutib, “Bundan kim foyda ko‘rishini bilamiz” deya fikr bildirdi.

Klubning yana bir a’zosi Galeno ham Tonini qo‘llab-quvvatlagan. 

“Kubokni berib qo‘yaverishsin. Ular har qanday yo‘l bilan bizni chempionlikdan chetlatmoqchi. Kubokni ular bir kishiga berishmoqchi – bu klubimizga nisbatan hurmatsizlik”, degan Galeno. 

Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda “Al-Ahli” Saudiya Pro-ligasida 66 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda va yetakchi “An-Nasr”dan 4 ochkoga orqada. “An-Nasr” esa bir o‘yin kam o‘tkazgan holda peshqadam.

Ramazon Usanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ronaldu Futbolchilar hakam qarori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing