Liviyada vertolyot quladi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Kecha, 9 fevral kuni Liviyaning janubi-sharqida joylashgan Kufra shahrida tez tibbiy yordam xizmatiga tegishli vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda “Almjhar” xabar berdi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, vertolyot Kufra shahridagi As-Sarra aviabazasi hududida qulagan. Voqea sodir bo‘lgan paytda vertolyot tez tibbiy yordam xizmatini amalga oshirayotgan bo‘lgan.

Kufra shahri meri Muhammad Abdurahim Bumeriz o‘z murojaatida vertolyot qulagani va bortdagi uch kishining barchasi vafot etgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilganini ta’kidlagan.

Shuningdek, u halok bo‘lgan shaxslarning ismlarini e’lon qilib, ularning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Hozirda vertolyotning qulash sabablari aniqlanmoqda. Hodisa bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning Kyongido provinsiyasida harbiy vertolyot halokatga uchragandi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Liviya vertolyot Qurbon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing