Maduro ishi bo‘yicha ikkinchi sud majlisi yakunlandi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarida Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresga oid ish bo‘yicha ikkinchi sud majlisi Nyu-York shahrida o‘tkazildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Majlis davomida prokurorlar Maduro va uning turmush o‘rtog‘ini “Venesuela boyliklarini talon-toroj qilishda” ayblab, suddan ularning sud xarajatlarini davlat hisobidan qoplashga ruxsat bermaslikni so‘ragan. Himoya tomoni esa Prezident va uning rafiqasi advokat xizmatlarini o‘zlari to‘lay olmasligini, AQSH esa bu orqali ularning huquqlarini buzayotganini ta’kidlagan.

Ishni ko‘rayotgan federal sudya Elvin Xellerstayn bu masala bo‘yicha tez orada qaror chiqarishini aytgan, ammo faqat to‘lov muammosi sabab ishni to‘xtatmasligini ham bildirgan.

26 mart kungi majlisda Maduro AQSH hukumati uni “narkoterrorizm” bo‘yicha ayblovlardan himoyalanishiga to‘sqinlik qilayotganini aytib, ishni yopishni so‘ragan.

Vashington va Venesuelaning yangi hukumati

Joriy yil boshida AQSH Venesuelada harbiy operatsiya o‘tkazdi. Mamlakat prezidenti Nikolas Maduro 3 yanvar kuni Karakasda Amerika maxsus kuchlari tomonidan qo‘lga olindi va AQSHga olib ketildi. Shundan so‘ng, prezident vazifasini ilgari vitse-prezident lavozimida ishlagan Delsi Rodriges bajara boshladi. U Vashington bosimi ostida siyosiy mahbuslarni qamoqxonalardan ozod qilishga kirishdi. Rodriges, shuningdek, foydali qazilmalar to‘g‘risidagi qonunlarni o‘zgartirib, Venesuelaning neft sektorini xorijiy investitsiyalar uchun ochib berdi. 24 fevral kuni Tramp AQSH o‘zining "yangi do‘sti va hamkori" Venesueladan taxminan 89 million barrel neft olganini e’lon qildi.

27 fevral kuni Rodriges Trampni o‘z mamlakatiga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilishga va Venesuela nefti blokadasini to‘xtatishga chaqirdi. U Maduro ag‘darilganiga qaramay, mamlakatlarni bir-biriga "do‘stona" deb hisoblashini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Karakasdagi hukumat Vashington bilan "hamkorlikning yangi kun tartibini ochishga" intilmoqda.

AQSH Davlat departamenti 5 mart kuni Venesuelaning muvaqqat hokimiyati bilan diplomatik munosabatlarni tiklash bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qildi. Marko Rubio boshchiligidagi idora Qo‘shma Shtatlar Venesuela xalqiga "tinch yo‘l bilan demokratik saylangan hukumatga o‘tish uchun sharoit yaratuvchi bosqichma-bosqich jarayon" doirasida yordam berishda davom etishiga va’da berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Venesuela Nikolas Maduro narkoterrorizm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing