“Manchester Siti” yana peshqadamlikka qaytdi. APLda tur tafsilotlari
Sport
−
03 noyabr 10605 3 daqiqa
Kecha, 2 noyabr kuni Angliya Premer-ligasida 10-tur o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Turda bir qator qiziqarli va jarimali uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Turning markaziy uchrashuvi Londonda bo‘lib o‘tdi, u yerda “Tottenxem” va “Chelsi” jamoalari maydonga tushdi. Enso Mareska shogirdlari o‘sha o‘yinda kichik hisobda g‘alaba qozonishdi. Turnir jadvalidagi peshqadam “Arsenal” esa “Byornli” maydonidan g‘alaba bilan qaytdi. “Manchester Siti” o‘z maydonida “Bornmut”ni mag‘lub etdi.
Turdagi barcha uchrashuvlar tafsilotlari bilan tanishing:
“Brayton” 3:0 “Lids Yunayted”
“Brayton” o‘z maydonida haqiqiy ustunlikni ko‘rsatdi. Jamoa butun o‘yin davomida to‘p nazoratini qo‘ldan chiqarmadi va raqib darvozasiga uchta javobsiz gol yo‘llab, ishonchli g‘alabaga erishdi. “Lids” esa hujumda jiddiy xavf tug‘dira olmadi.
“Byornli” 0:2 “Arsenal”
Turnir jadvali peshqadami “Arsenal” mehmon sifatida maydonga tushgan bo‘lsa-da, o‘yin boshidan nazoratni qo‘lga oldi. “Arsenal” hujumdagi faol harakatlari orqali ikki gol yo‘llab, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. “Byornli”ga esa hujumda biroz omad yetishmadi.
“Kristal Pelas” 2:0 “Brentford”
“Kristal Pelas” o‘z uyida ishonchli g‘alaba qozondi. Mehmonlarning ikki goli uch ochko uchun yetarli bo‘ldi. “Brentford”ning himoyasi bir necha bor yo‘l qo‘ygan xatolari sabab jamoa alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
“Fulxem” 3:0 “Vulverxempton”
“Fulxem” o‘z maydonida muxlislarini xursand qildi. Jamoa yarim taymning o‘zida ikki bor hisobni ochdi va o‘yinni to‘liq nazorat qildi. “Vulverxempton” o‘yinga qaytishga urindi, ammo hujumdagi urinishlar besamar yakunlandi.
“Nottingem Forest” 2:2 “Manchester Yunayted”
Bu uchrashuv jangovar va gollarga boy bahs bo‘ldi. “Forest” dastlab hisobni tenglashtirib so‘ngra hisobda oldinga ham chiqib oldi, ammo “Yunayted” 81 daqiqadagi goli uchrashuvda durrang bo‘lishini ta’minladi.
“Tottenxem Xotspur” 0:1 “Chelsi”
Bu turda muxlislar London derbisida guvohi bo‘ldi. Derbida “Chelsi” minimal hisobda g‘alaba qozondi. Joao Pedroning yagona goli o‘yin taqdirini hal qildi. “Tottenxem”da bir necha imkoniyat bo‘ldi, ammo jamoa ulardan samarali foydalana olmadi.
“Liverpul” 2:0 “Aston Villa”
Ketma-ket mag‘lubiyatli o‘yinlardan keyin “Liverpul” “Enfild”da ishonchli g‘alaba erishdi. Saloh va Graverberchning gollari “Liverpul”ga uch ochko keltirdi. “Aston Villa” javob golini ura olmadi Unai Emeri shogirdlariga bu turda biroz omad yetishmadi.
“Vest Xem” 3:1 “Nyukasl Yunayted”
“Vest Xem” o‘z uyida hujumkor futbol ko‘rsatdi. “Nyukasl Yunayted” uchrashuvning dastlabki daqiqalarida gol urgan bo‘lishiga qaramay qolgan daqiqalarda 3 bor gol o‘tkazib yubordi va yakunda mag‘lubiyatga uchradi.
“Manchester Siti” 3:1 “Bornmut”
“Manchester Siti” o‘z maydonida hujumkor futbol namoyish etdi. Holand bu uchrashuvda ham ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Ushbu uchrashuvda yaqinda jarohatdan qaytgan Abduqodir Husanov qaydnomaga ham kiritilmadi.
“Everton” – “Sanderlend”
Bu uchrashuv bugun, 3 noyabr kuni tunda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, yakuniga yetgan tur uchrashuvlaridan so‘ng Londonning “Arsenal” jamoasi 25 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Manchester Siti” 19 ochko bilan 2, “Liverpul” esa 18 ochko bilan 3-pog‘onadan joy olgan. Navbatdagi tur uchrashuvlari joriy yilning 8 noyabr kuni start oladi.
Live
Barchasi