Masharipov qimmatbaho avtomobil sotib oldi
Sport
−
25 may 9052 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov Jahon chempionati oldidan qimmatbaho avtomobil xarid qildi. Bu haqda futbolchining o‘zi Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
Masharipov joylagan videodan uning yangi avtomobili BMW M850i ekanini ko‘rish mumkin. Ushbu avtomobil O‘zbekiston bozorida taxminan 1,3 milliarddan 2,4 milliard so‘mgacha baholanadi.
Jaloliddin Masharipov ayni paytda Eronning “Istiqlol” klubi sharafini himoya qilmoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Ochiq manbalarda keltirilishicha, futbolchining oylik maoshi taxminan 22–25 ming yevro atrofida bo‘lib, bu qariyb 300–350 million so‘mga teng.
Eslatib o‘tamiz, Jaloliddin Masharipov Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati uchun kengaytirilgan 30 kishilik tarkibiga kiritilgan.

Live
Barchasi