O‘zbekistonning JCH finaliga chiqish imkoniyati qanday?
Sport
−
13:30 7259 1 daqiqa
Superkompyuter AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati uchun terma jamoalarning imkoniyatlarini baholadi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining chempionlikni qo‘lga kiritish ehtimoli 0,07 foiz deb baholandi.
“Opta” portali prognozlariga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasining g‘alaba qozonish imkoniyati eng yuqori ko‘rsatkichga ega. Luis de la Fuente shogirdlari 15,43 foiz bilan ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallagan. Fransiya terma jamoasi 12,54 foiz bilan ikkinchi, Angliya terma jamoasi esa 10,88 foiz bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan.
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo mamlakatlari orasida ushbu reytingda beshinchi o‘rinda joy olgan. Undan yuqorida Yaponiya (1,47 foiz), Janubiy Koreya (0,37 foiz), Eron (0,24 foiz) va Saudiya Arabistoni (0,07 foiz) ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 26 may kuni tongda Toshkent–Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha AQSHga yo‘l oladi. U yerda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilib, 1 iyun kuni Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 8 iyun kuni esa jamoa Niderlandiyaga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev jarohati sabab Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgan edi.

Live
Barchasi