Mulozimlar narkoskriningdan o‘tkazilishi mumkin. Qozog‘istonda!

Olam

image

Qozog‘iston “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunga vazirlar va hokimlar narkoskrinindan o‘tkazilishi haqida qo‘shimcha kiritilmoqda. Bunday tekshiruvdan bosh tortganlarga ishdan bo‘shatish jazosi qo‘llaniladi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, narkoskrining har yili o‘tkaziladi. U rahbar lavozimlar uchun majburiy hisoblanadi. Ikkinchi toifa esa fakultativ, ya’ni qo‘shimcha asosda bo‘lib, davlat organlari rahbarlarining qaroriga binoan, lavozimning vazifalari va xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi.

Masalan, davlat sirlariga aloqador yoki shunga o‘xshash toifadagi lavozimlarda ishlovchilarni rahbar narkoskriningdan o‘tadigan shaxslar qatoriga kiritishi mumkin. Tekshiruvlar esa kutilmaganda o‘tkaziladi.

“Davlat organi oldindan reja tuzib, kimdir, masalan, 18 mart kuni tekshiruvdan o‘tishini bilib turadigan tizim bo‘lmaydi. Bunday mexanizmning asosiy xususiyati – aynan kutilmaganlikdir. Rahbar qaror qabul qilgan paytdan boshlab, shaxs 48 soat ichida narkoskriningdan o‘tishi shart”, degan Davlat xizmatchilari ishlari agentligi raisi o‘rinbosari Salauat Muxsimov.

Uning aytishicha, tekshiruvdan bosh tortish yoki natijaning ijobiy chiqishi davlat xizmatidan bo‘shatilish uchun asos bo‘ladi.

Narkoskriningdan o‘tadigan shaxslar bu tekshiruvni o‘z hisobidan to‘laydi. Biroq tekshiruvdan o‘tadigan shaxsga o‘sha kun va keyingi kun uchun haq to‘lanadigan dam olish kuni beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Mulozimlar Davlat xizmati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing