Namanganda fuqaroni o‘lasi qilib qiynagan IIB xodimlari ishi sudda ko‘riladi
3-sahifa
−
01 dekabr 6345 2 daqiqa
Joriy yilning sentyabr oyida Namangan shahrida profilaktika inspektori tomonidan fuqaro qiynoqqa solingani aks etgan surat va xabarlar tarqalgandi. Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan fuqaro qiynoqqa solingani bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlandi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan nazoratga olingan va o‘rganilgan.
Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili holatni joyiga chiqib, fuqaro bilan suhbatlashib, o‘rgangan. Ishga oid to‘plangan ma’lumotlar asosida Namangan viloyati IIB hamda Namangan shahar prokuraturasiga Ombudsmanning nazorat xati kiritilgan.
“Mazkur holat bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlangan. Hozirda jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun ayblov xulosa bilan sudga yuborilgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, holat joriy yilning 14 avgust kuni yuz bergan. Namangan shahrida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro O‘.A. o‘zaro oilaviy nizo sababli ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan. U bilan profilaktik suhbat olib borilib, shu kuni uyiga ruxsat berilgan. Oradan ikki kun o‘tib, 16 avgust fuqaro O‘.A. sog‘ligi yomonlashgani sabab tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.
Shundan so‘ng, fuqaro O‘.A.ga nisbatan yetkazilgan tan jarohatlari bo‘yicha aybdorlarning harakatlariga qonuniy chora ko‘rish maqsadida Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Live
Barchasi