Namanganda uyida qimorxona tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi (video)

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida uyida qimorxona tashkil qilgan 53 yoshli shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Uchqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor profilaktik tadbirlar davomida tumanning “Qo‘rg‘oncha” mahallasida yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zi yashab kelgan xonadonda moddiy manfaatdorlik evaziga 15 nafar tanishi bilan birga noqonuniy billiard o‘yinlarini tashkil etgan. Tungi vaqtda esa tavakkalchilikka asoslangan lotereya shaklidagi qimor o‘yinlari uchun sharoit yaratib bergan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm va Andijon viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda narkotik sotuvchilari hamda qimor o‘yinlarini tashkil qilgan shaxslar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan qimorxona qimor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing