Namanganda zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
11 noyabr 9085 1 daqiqa
Bugun, 11 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:32 da Namangan viloyatida 3,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila epimarkazi Toshkentdan 193 km janubi-sharqda joylashgan. Epimarkazda sezilish kuchi 4 ball. Magnitudasi 3,9. Chuqurligi: 16 km. Epimarkaz: Kosonsoy tumani, Namangan viloyati. Koordinatalari 41,21 daraja shimoliy kenglik, 71,52 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Namangan viloyatida 2-3 ball, 26 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Gazli shahrida 3,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi