Qirg‘izistondagi zilzila Namanganda sezildi
Jamiyat
−
03 dekabr 1683 1 daqiqa
Bugun, 3 dekabr Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida 5 balli zilzila qayd etildi. Uning kuchi Namangan viloyati hududlarida sezildi. Bu haqda O‘zbekiston Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila soat 01:18 da sodir bo‘lgan. Epimarkazda sezilish kuchi 5 ball, magnituda 3,7, chuqurlik 5 kilometrni tashkil qilgan. Epimarkaz Toshkentdan 229 km janubi-sharqda joylashgan.
Yer silkinishi Namangan viloyatida 2 ballik kuch bilan, 36 km masofada sezilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezilgandi.
Live
Barchasi