Navoiydagi dahshatli YTHda 2 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 2 may kuni Navoiy viloyatining Konimex tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 07:20 larda Konimex tumani “Karak-ata” OFY hududidan o‘tuvchi A-379 “Navoiy-Uchquduq” xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘lining 142-143 kilometrlari oralig‘ida haydovchi N.J. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomobil “Zarafshon-Navoiy” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelib, tezlikni oshirishi oqibatida yo‘lning xavfli burilish joyida rul boshqaruvini yo‘qotgan. Shundan so‘ng, u qarama-qarshi tomonga chiqib ketib, M.A. boshqaruvida bo‘lgan SKANIA 114L rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan va yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Oqibatda Nexia-3 rusumli avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari sabab vafot etgan.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voqea tafsilotlarini o‘rganish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Karmana tumanida maktab o‘quvchisi boshqarib ketayotgan avtomobil yo‘l transport hodisasiga uchragandi. Oqibatda 9-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etgan. 11-sinf o‘quvchisi esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy yo'l-transport hodisasi Nexia-3 Konimex

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing