Nepalda vazirlar vertolyotga osilgan arqonda evakuatsiya qilindi (video)

Olam

image

Bugun, 11 sentyabr kuni Nepalda hukumat amaldorlari va siyosatchilar oila a’zolari bilan birga harbiy vertolyotlardan tushirilgan arqonlar yordamida evakuatsiya qilindi. Bu haqda “The Economic Times” xabar berdi.

Nashr taqdim etgan videotasvirlarga ko‘ra, hukumat amaldorlari va ularning oilalari harbiy vertolyot kabinasiga kirish uchun qutqaruv slinglari yordamida tomlar va ochiq dalalardan havoga ko‘tarilgan. G‘azablangan minglab namoyishchilar pastdan ularni baqirib, haqoratlagan.

“Ommaviy noroziliklar bosh vazir Sharma Olini iste’foga chiqishga majbur qildi va u Dubayga qochishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda yana bir qancha vazirlar kaltaklandi va sobiq bosh vazir Natxa Khanalaning rafiqasi Rajyalaxmi Chitrakar tiriklayin yoqib yuborildi”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Ma’lumot uchun, Nepal hukumati mamlakat poytaxti Katmanduda joriy yilning 4 sentyabrda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar sababli keng ko‘lamli norozilik namoyishlari davom etmoqda. Tartibsizliklar chog‘ida jabrlanganlar soni 500 kishiga yetgan. Hokimiyat parlament atrofida va shahar markazidagi muhim nuqtalarda komendantlik soati joriy qilishga majbur bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nepal Moliya vaziri 65 yoshli Bishnu Prasad Paudel Katmandu ko‘chalarida qochib ketayotgani, uning ortidan esa yuzlab namoyishchilar quvib kelib, unio kaltaklayotgani haqida xabar berilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

evakuatsiya namoyishchilar Nepal Sharma Olini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing